
Legionerimiz klubini o‘zgartirdi
Mavsum boshida Qirg‘izistonning “Abdish Ata” klubiga qo‘shilgan hamyurtimiz Abdug‘ani Kamolov yozgi transfer oynasi vaqtida jamoasini o‘zgartirishga qaror qildi.
Kamolov mavsumning ikkinchi qismini “Bishkek Siti” jamoasida o‘tkazadi. Tomonlar shu yilning 31 dekabrga qadar shartnoma imzoladilar.
U “Abdish Ata” tarkibida Qirg‘iziston premer-ligasi, mamlakat Kubogi va Superkubogida hammasi bo‘lib, 13 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U raqiblar darvozasiga 1 ta gol urdi va 3 ta golli pasni amalga oshirdi. Qolaversa, “Abdish Ata” bilan Superkubokni qo‘lga kiritdi.
Himoyachi bungacha yurtimizda "Sho‘rtan", "Bunyodkor", "Buxoro", "Metallurg", "Andijon", "Turon", "Navbahor" kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
Fikrlar