Lempardga "Chelsi" futbolchilari bilan xayrlashishga ham imkon berishmadi

  • 26 yanvar, 2021, 15:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frenk Lempardning "Chelsi" bosh murabbiyligidan ketishi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

The Athletic xabariga ko‘ra, dushanba kuni ertalab 42 yoshli murabbiy London klubi ofisiga telefon orqali chaqirilgan, u erda direktor Marina Granovskaya va direktorlar kengashi raisi Bryus Bak unga ishdan bo‘shashi to‘g‘risida ma’lum qilishgan.

Shu bilan birga, Lempard shaxsan futbolchilar bilan xayrlasha olmadi. Uning ketishi haqidagi xabarni futbolchilarga texnik maslahatchi Petr Chex ma’lum qilgan.

Katta ehtimol bilan, yaqin kelajakda "Chelsi"ni nemis mutaxassisi Tomas Tuxel boshqaradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!