«Liverpool» sharmandalik mag‘lubiyatga uchradi
«Liverpul» navbatdagi mavsumga tayyorgarlik doirasida «Lids»ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, yirik hisobda magʻlubiyatga uchradi – 2:4. Birinchi boʻlim yakuniga qadar «qizillar» 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi, ammo taym orasida amalga oshirilgan koʻplab almashinuvlardan soʻng jamoa oʻyini keskin pasaydi.
Ikkinchi boʻlimda «Lids» tashabbusni toʻliq qoʻlga oldi. «Lids» 60-daqiqa bilan 85-daqiqa orasida toʻrtta gol urib, oʻyin taqdirini oʻz foydasiga hal qildi.
Bu magʻlubiyat «Liverpul» uchun yangi bosh murabbiy Andoni Iraola qoʻl ostidagi ilk yoʻqotish boʻldi. Avvalroq mersisaydliklar «Sanderlend»ni 4:2, «Reksham»ni esa 1:0 hisobida magʻlub etgan edi.
Klubning navbatdagi oʻrtoqlik bahsi 9 avgust kuni oʻtkaziladi. Bu safar «Liverpul»ga raqib sifatida «Monako» jamoasi maydonga tushadi.
Angliya premyer-ligasida Andoni Iraola boshqaruvidagi jamoa mavsumni safardagi oʻyin bilan boshlaydi. «Liverpul» 23 avgust kuni «Nyukasl» mehmoni boʻladi.

Fikrlar