
«Liverpul» hujumchisi Italiyaga ketishi mumkin
La Gazetta dello Sport nashrining yozishicha, «Yuventus» «Liverpul» hujumchisi Divok Origiga ko‘z tikmoqda. Manbaning xabariga ko‘ra, tez orada Turin klubi transferga jiddiy harakat qiladi.
Avvalroq, «zebralar» Mauro Ikardi borasida PSJ bilan, shuningdek, Edinson Kavani borasida «Manchester Yunayted» bilan kelishuvga erishmoqchi bo‘lgandi, biroq takliflar rad etilgan edi.
Belgiyalik hujumchining narxi 12 million evroga baholangan. Origi APL doirasida 3 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta gol urdi.
Fikrlar