“Liverpul” hujumchisidan voz kechdi

  • 30.10.2020 14:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Liverpul” rahbariyati jamoa hujumchilaridan biri Divok Origi bilan xayrlashishga qaror qildi.

Jamoa bosh murabbiyi Yurgen Klopp 25 yoshli hujumchi xizmatlaridan foydalanmoqchi emas. Shuning uchun Origi qishki transferlar vaqtida sotib yuboriladi. Origi ichki raqobatda Diego Jota va Takumi Minaminoga imkoniyatni boy bermoqda va zaxiraga “mixlanib” qolgan.

Origi o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgani tufayli Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines  ham uni yig‘inlarga taklif etmayapti.

Hozircha, Divok Origini “Bryugge” jamoasi mavsumni oxirigacha ijaraga olishga tayyorligini bildirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!