“Liverpool” murabbiyni ishdan bo‘shatib yubordi

  • 30.12.2025 18:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsumda “Liverpul” standart vaziyatlarda juda yomon himoyalanmoqda. Arne Slot jamoasi standart holatlardan 12 ta gol o‘tkazib yubordi. Bu ko‘rsatkich Angliya Premyer-ligasida eng yomoni natija hisoblanadi.

Tecno

Joriy mavsum inqirozga yuz tutgan amaldagi chempion “Liverpul” rahbariyati  standart vaziyatlar bo‘yicha murabbiyi Aaron Briggs bilan hamkorlikni to‘xtatdi.

Maydonning qarshi tomonida ham “Liverpul” bu borada katta yutuqlarga erisha olmadi. Arne Slot shogirdlari yarim mavsum davomida standart vaziyatlardan so‘ng atigi uchta gol urdi.

Bunaqa past statistika “Liverpul”ni Briggs xizmatlaridan voz kechishga majbur qildi. Aaron Briggs 2024 yil iyul oyida mersisaydlik klubga individual rivojlanish bo‘yicha murabbiy sifatida kelgan, ikki oy o‘tib esa, standart vaziyatlar uchun javobgar murabbiy lavozimiga tayinlangan edi.

Briggs tirishqoq va mehnatkash mutaxassis sifatida obro‘-e’tiborga ega. O‘tgan mavsumda Aaron o‘z ishlanmalari bilan “Liverpul”ga Premyer-liga chempionligini qo‘lga kiritishda yordam bergan.

The Guardian nashrining xabar berishicha, endilikda Briggsning vazifalari Arne Slot hamda uning yordamchilari Sipke Hyulshoff va Jovanni van Bronxhorst o‘rtasida taqsimlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!