
"Liverpul" og‘zidagi oshni oldirmoqchi emas
"Liverpul" rahbariyati yarim himoyachi Jorjino Veynaldum bilan amaldagi kelishuvni uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlab yubordi.
Oldinroq, niderlandiyalik futbolchi xizmatlariga "Barselona" qiziqish bildirayotgani haqida xabar berib o‘tgan edik.
Yangi shartnomaga ko‘ra Veynaldum "Liverpul"da 2025 yil yozigacha to‘p surishi mumkin.
Joriy mavsumda Veynaldum APL bahslarida 28 ta o‘yinda 3 ta gol kiritdi.
Fikrlar