
“Liverpul” Salohni 230 million evroga sotmadi
“Liverpul” to‘purari Muhammad Saloh Saudiya Arabistoni klublarining asosiy nishonlaridan biri hisoblanadi.
Arab matbuotining yozishicha, “Al-Ittihod” klubi misrlik forvard uchun liverpulliklarga 230 million evro taklif qilgan.
Biroq “Liverpul” xo‘jayinlari, klub bosh direktori va bosh murabbiy Yurgen Klopp 31 yoshli futbolchini qo‘yib yuborishdan bosh tortgani bois, supertransfer barbod bo‘lgan.
Muhammad Saloh liverpulliklar sharafini 2017 yildan beri himoya qilib kelmoqda. Mohir hujumchi gol urish bo‘yicha klub tarixida bir necha rekordlar sohibi hisoblanadi.
Fikrlar