
“Liverpul” tarixidagi eng rasvo transferlar
"Liverpul" bugun Angliya Premer-ligasining eng kuchli jamoalaridan hisoblanadi. Bosh murabbiy Yurgen Klopp tarkib barqarorligiga katta e’tibor qaratib kelmoqda.
Lekin klub mutasaddilari futbolchi tanlashda har doim ham muvaffaqiyatli tanlovlarni amalga oshira olmagan.
Futbolni yoritishga katta e’tibor qaratayotgan FourFourTwo nashri “Liverpul” tarixidagi eng muvaffaqiyatsiz transferlarni aniqlab chiqdi.
Unga ko‘ra, birinchi qatorga Pol Koncheski qo‘yilgan. O‘zining janjallari bilan nom chiqargan Mario Balotelli ikkinchi o‘rinda qayd etildi. Uchlikni yakunlagan hujumchi Endi Kerroll ham “Liverpul” ishonchini oqlay olmagan.
Shuningdek, turli yillarda mersisaydliklar safiga jalb qilingan El-Hoji Diuf, Andrey Voronin, Shon Dandi, Fabio Borini, Nabi Keyta, Charli Adam va Alberto Akvilani transferlari ham omadsiz, deb topildi.
Fikrlar
қолиб кетяпсизлар.