“Liverpool” “Yuventus”ning talabidan g‘azablangan

  • 25.04.2026 19:52
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Yuventus” “Liverpul” darvozaboni Alison Beker bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo‘yicha kelishuvga erishdi. Endi Turin klubi “mersisaydliklar” bilan transferning potensial shartlari bo‘yicha kelishib olishi kerak. Bu haqida Calciomercato xabar berdi. 

Manbaning taʼkidlashicha, “qizillar” 33 yoshli darvozabonning transferi uchun 10-15 million yevro talab qilmoqda, “Yuventus” esa bu summani kamaytirmoqchi. Qayd etilishicha, Alisonning o‘zi klubni tark etib Italiyaga ko‘chib o‘tishga tayyor. Bu esa “keksa seniora” foydasiga ishlaydi. Shu bilan birga “Liverpul” ularning talabidan g‘azablangan. 

Italiya klubi braziliyalik uchun soliqlar to‘langanidan so‘ng har mavsumda 5-6 million yevro maosh bilan ikki uch yillik shartnoma taklif qilishga tayyor. 

Joriy mavsumda Alison barcha turnirlarda 34 ta o‘yin o‘tkazib ularning 13 tasida darvozasi daxlsizligini saqlashga muvaffaq bo‘lgan. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi. Nufuzli Transfermarket portali futbolchini 17 million yevroga baholagan.

Azizbek Abduvaliev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!