“Lokomotiv” Minskda mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda

  • 13 iyul, 2017, 19:14
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Lokomotiv” Oliy Liga ikkinchi davrasiga hozirlik jarayonini davom ettirmoqda.

"Lokomotiv" jamoasi ayni paytda Belarus poytaxti Minsk shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini tashkil etmoqda. "Temiryo‘lchilar" kuniga ikki mahaldan shug‘illanishmoqda. Mashg‘ulotlarda jami 24 nafar futbolchi qatnashmoqda. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Bugun ham Minsk futbol akademiyasi maydonida mashg‘ulot o‘tkazildi. Unda dastlab barcha engil yugurib oldi. So‘ngra chigalyozdi mashqlari o‘taldi. Keyin esa bor e’tibor to‘p bilan muomala hamda taktik mashqlarga qaratildi.

Ertaga “Lokomotiv” Minsk yig‘ini doirasidagi ilk nazorat uchrashuvini o‘tkazadi. Unda jamoamizga Mogilyov shahrining “Dnepr” klubi raqiblik qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!