
Luis Enrike: PSJda to‘purar yo‘q
PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike futbol jamoatchiligidan Usmon Dembeleni jamoaning yagona va asosiy to‘purari deb hisoblamasliklarini so‘radi.
“Bizda aniq bir futbolchi to‘purar degan tushuncha yo‘q. Agar Dembele bosim ostida qolsa va undan kutilgan gollarni urmasa, bizda muammolar paydo bo‘ladi.
Biz g‘alaba xohlaymix. Kim gol uradi? Menga baribir. Kim PSJ formasini kiygan bo‘lsa, o‘sha ursin. Bitta futbolchiga bosim o‘tkazib bo‘lmaydi. Butun jamoa yaxshilanishi kerak”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Dembele joriy mavsum PSJ tarkibida oltita o‘yinda qatnashib, to‘rtta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. PSJ esa ortda qolgan beshta turdan so‘ng 13 ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
Fikrlar