
Lukaku ham gol urishni biladi
“Chelsi”dagi faoliyati tufayli ko‘p tanqidga uchragan Romelu Lukaku 2024 yilgi Evropa chempionatining saralash turnirini qahramon sifatida yakunladi.
Ozarbayjon terma jamoasi darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilgan tajribali hujumchi saralashdagi umumiy gollari sonini 14 taga etkazib oldi. Hali qit’a chempionatining bitta saralash bosqichi davomida hech bir futbolchi bunchalik ko‘p gol urmagan.
Demak, qit’a chempionatlari saralashida to‘purar bo‘lgan futbolchilar bilan tanishib olamiz.
Harri Keyn – 12 ta gol (Angliya – “Evro – 2020” saralashi)
Klaas-Yan Xuntelaar – 12 ta gol (Niderlandiya – “Evro – 2012” saralashi)
Davor Shuker – 12 ta gol (Xorvatiya – “Evro – 1996” saralashi)
Devid Xili – 13 ta gol (Shimoliy Irlandiya – “Evro – 2008” saralashi)
Robert Levandovski – 13 ta gol (Polsha – “Evro – 2016” saralashi)
Romelu Lukaku – 14 ta gol (Belgiya – “Evro – 2024” saralashi)
Fikrlar