
Lunin "Real Madrid"da qoladi
Ukrainalik darvozabon Andrey Lunin yangi mavsumda "Real"da qoladi. Posbon uchun bo‘lgan takliflar futbolchi va klubga ma’qul kelmadi, deya xabar barmoqda "AS"nashri.
Manbaning xabariga ko‘ra, joriy transfer oynasida Lunin bir nechta klublardan takliflar olgan, biroq ularning hech biri klubga ham futbolchiga ham manzur kelmadi. Darvozabon asosiy o‘yinchiga aylanishi mumkin bo‘lgan yuqori saviyadagi jamoaga o‘tmoqchi.
"Real" bilan amaldagi shartnoma uzaytirilishi dargumon. Sabablardan biri - Madrid klubi va Luninning agenti Xorxe Mendes o‘rtasidagi munosabatlar, Leni Yoroning muvaffaqiyatsiz transferidan keyin yomonlashgan.
Xabar qilinishicha, "Los-Blankos" Luninni taxminan 30 million evroga baholagan va uni ijaraga berishni xohlamaydi.
Fikrlar