Lyakazett tahminan 4-6 haftaga safdan chiqdi

  • 13 fevral, 2018, 21:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Arsenal” klubi forvardi Aleksandr Lyakazett tizzasidan jarohat olgani ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Klub rasmiy saytining xabar berishicha 26 yoshli frantsiyalik futbolchining tizza artroskopiyasi muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. Shifokorlar esa uning sog‘ayishi uchun tahminan 4-6 hafta vaqt talab etilishini aytishmoqda.

Ma’lumot uchun, Lyakazett joriy mavsum APLda jami 26ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 9ta gol hamda 4ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!