
Mahmud Murodovni tabriklaymiz
O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Muradov (13-6, KO6) bugun o‘zining tavallud ayyomini nishonlamoqda. Shu mnosabat bilan sportchimizni ushbu muborak kun bilan tabriklaymiz.
Eslatib o‘tamiz, Mahmud navbatdagi jangini Chexiya poytaxti Pragada o‘tkazadi. Jang joriy yilning 3 mart kunida tashkil qilinishi rejalashtirilgan.
U 2017 yil dekabr oyida u o‘tgan yili boks bo‘yicha besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni amerikalik kichik Floyd Meyvezerga tegishli bo‘lgan The Money Team (TMT) klubi bilan shartnoma imzolagan va ushbu klub bilan kelishuvga erishgan birinchi MMA jangchisi degan nomga sazovor bo‘ldi.
Mahmud Murodov so‘nggi marta o‘tgan yili dekabr oyida ringga chiqib, chexiyalik Tomash Penzni mag‘lub etgan va XFN chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi. Mazkur jang uning XFN (X Fight Nights) tashkiloti bilan tuzilgan shartnomasiga ko‘ra so‘nggisi bo‘lgan edi. Bu jangga qadar u XFN turnirida 3 ta jang o‘tkazib, 2 ta g‘alaba va bitta mag‘lubiyat qayd etgan.
Ma’lumot uchun: Mahmud Murodov World Kickboxing Network tashkiloti talqini bo‘yicha qit’alararo chempion, Caveam talqini bo‘yicha jahon chempioni va XFN talqini bo‘yicha jahon chempioni hisoblanadi.
Fikrlar