
Maks Xollouey Islom Maxachevni jiddiy tarzda tanqid qildi
14 aprel tongida Jastin Getjiga (25-4) qarshi jang qiladigan UFCning yarim engil vazn (65,8 kg)toifasi sobiq chempioni Maks Xollouey (25-7) engil vaznni (70,3 kg) amaldagi chempioni Islom Maxachevni (25-1) jiddiy tanqid qildi.
“Sen fevralda Jastin Getji bilan jang qilishing kerak edi! Xattoki, o‘sha sen nokaut qilgan Aleksandr Volkanovski ham tezda qaytdi. Aslida, sen sog‘lom eding. Jarohating yo‘q edi va fevral oyida oktagonga chiqishing kerak edi. Ramazon oyida mashg‘ulot o‘tkazmasligini hamma biladi. Biroq, sen doim raqib yo‘q deb noliysan. Vaholanki, sen faqat o‘zing xohlagan vaqt jang qilishni mo‘ljallaysan. Haqiqat shundak-ki,senga jang bo‘yicha takliflar berishadi, lekin rad javobini berasan”,-dedi Xollouey.
Fikrlar