“Manchester Siti” Abduqodir Husanovdan so‘ng yana bir himoyachi transferini hal qildi

  • 14 yanvar, 07:07
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Manchester Siti” Abduqodir Husanovdan so‘ng “Palmeyras” futbolchisi Vitor Reys transferini hal qildi, deb xabar bermoqda Fabritsio Romano. 
 
Jurnalistning xabariga ko‘ra, ikki tomonlar kelishib olgan. Ushbu transfer uchun manchesterliklar 40 million evro to‘lashadi. Hujjatlar masalasi hal bo‘lgandan so‘ng Vitor shu hafta tibbiy ko‘rikdan o‘tib, “shaharliklar” bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda. 
 
19 yoshli braziliyalik himoyachi o‘tgan mavsum 38 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. Uning Transfermarkt portalidagi narxi 14 million evro deb baholanmoqda. 
 
Xabaringiz bor, bir necha kun oldin Xosep Gvardiola boshchiligidagi jamoa hamyurtimiz Husanov transferini ham deyarli hal qilgan edi. “Siti” himoyachimiz uchun Frantsiyaning “Lans” klubiga bonuslar bilan birga 50 million evro atrofidagi summa bo‘yicha kelishib olingan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!