
"Manchester Siti" "bomba" transferga tayyor
Xosep Gvardiola kelgusi yozda "Manchester Siti" tarkibini qayta qurishni rejalashtirmoqda. Murabbiy yozda klubni tark etishi kutilayotgan Kevin de Bryuyne o‘rniga "Bayer"ning yosh va iqtidorli futbolchisi Florian Virtsni tarkibda ko‘rishni istaydi.
"Bild" nashrining xabar berishicha, "Bayer" 21 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Unda 2026 yil yozidan boshlab kuchga kiradigan 125 million evro miqdoridagi sotib olish bandi ko‘rsatilishi mumkin.
Futbolchining maoshi sezilarli darajada oshishi kutilmoqda. Agar Virts bilan kelishuvga erishilmasa, klub yozda o‘yinchini 150 million evroga sotishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Florian Virtsning nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yarmiga qadar mo‘ljallangan.
Fikrlar