
"Manchester Siti" katta transferdan voz kechdi
"Ayntraxt" hujumchisi Omar Marmush yanvarda "Manchester Siti"ga o‘tmaydi.
"Shaharliklar" Bundesliganing yulduziga bo‘lgan qiziqishi haqida ma’lumot o‘tgan oy oxirida paydo bo‘ldi. Jurnalist Yan Aage Fortoftening ma’lumotlariga ko‘ra, "Manchester Siti" klubiga o‘tishi haqidagi mish-mishlarga qaramay, misrlik futbolchi qishki transfer oynasida "Ayntraxt"ni tark etmaydi. Shu tariqa, Premer-liga giganti transferni yozda amalga oshiradi
Omar Marmush Frankfurt jamoasi safida ushbu mavsumda 24 o‘yinda 18 ta gol va 12 ta golli uzatma qayd etgan. Transfermarkt portali bahosiga ko‘ra, 25 yoshli hujumchining qiymati 60 million evro.
Fikrlar