"Manchester Siti" "Tottenxem" himoyachisini sotib olmoqchi

  • 11.06.2026 14:33
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" rahbariyati "Tottenxem" tarkibida to‘p surib kelayotgan ispaniyalik himoyachi Pedro Porroni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini o‘rganmoqda.

The Athletic nashri ma’lumotlariga ko‘ra, manchesterliklar joriy yozgi transfer oynasida o‘ng qanot himoyasida raqobatni kuchaytirishni rejalashtirgan. Shu maqsadda klub 26 yoshli ispaniyalik futbolchini olish bo‘yicha "Tottenxem" bilan kelishuvga erishishni istamoqda. Ayni paytda Porroning Shimoliy London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyunigacha mo‘ljallangan. Mutaxassislar uning ehtimoliy transfer qiymatini taxminan 35 million yevro atrofida baholamoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Pedro Porro Angliya chempionatida "Tottenxem" safida 34 o‘yinda maydonga tushib, bir bor gol urdi va uchta golli uzatma muallifiga aylandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!