
“Manchester Siti” transfer narxining yarmini to‘laydi
“Pari Sen-Jermen” darvozaboni Janluiji Donnarumma hali bir yillik shartnomasi bo‘lishiga qaramay, Parijni tark etishi aniq bo‘lib ulgurdi.
Nufuzli manbalar italiyalik golkiper faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirishini ta’kidlamoqda.
PSJ rahbariyati bir yillik shartnomasi qolgan o‘yinchi uchun xaridor klublar, xususan, “Siti” vakillaridan 45-50 million evro badal puli talab qildi.
Biroq jurnalist Alfredo Pedullaning ma’lum qilishicha, manchesterliklar Donnarummani bu narxga olmasligini uqtirgan. O‘tkazilgan muzokaralar natijasida “Manchester Siti” talab qilingan narxning yarmini to‘laydigan bo‘ldi.
PSJ mutasaddilar katta maosh oladigan futbolchi kelasi mavsum erkin agent maqomida bepul ketib qolmasligi uchun bu yoz kirgan narxiga sotib yuborishni ma’qul ko‘rmoqda.
Fikrlar