“Manchester Siti” va ”Jirona” birgalikda Chempionlar ligasida o‘ynaydimi?

  • 6 iyul, 2024, 08:20
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

UEFA “Manchester Siti” va “Jirona” klublariga 2024/25-yilgi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etishga ruxsat berdi. 

Klublar umumiy xo‘jayinga ega bo‘lishlariga qaramay, bir xil evrokuboklar turnirida o‘ynashadi. Jamoalarning investori City Football Group "katta o‘zgarishlar" nomli hujjat topshirdi va uning hech bir klub ustidan nazorati yoki hal qiluvchi ta’siri yo‘qligini ma’lum qildi.

UEFAning klublarni moliyaviy nazorat qilish bo‘yicha birinchi palatasi rasmiy saytida Angliyaning “Manchester Siti” va Ispaniyaning “Jirona” klublarini 2024/25 mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etish huquqini e’lon qildi. 

“Katta o‘zgarishlar”da yozilishicha City Football Groupning "Siti"dagi ulushi 100 foiz, "Jirona"da esa 47 foizni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, UEFA qoidalariga ko‘ra, umumiy xo‘jayinga ega bo‘lgan jamoalar adolatli raqobatni ta’minlash uchun bitta turnirda qatnasha olmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!