Manchester superklubi ham David Alabadan yuz oʻgirdi

  • 08.09.2026 06:25
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Futbolchi yangi jamoa izlamoqda. David Alaba «Real» tarkibini tark etgandi. Avstriyalik futbolchi erkin agent maqomini oldi. 

Endi tajribali himoyachi transfer oynasi yopilgani qaramasdan, istalgan klubga erkin tarzda o‘tishi mumkin.

Shu fonda «Manchester Yunayted»ning Alabani ehtimoliy transferi bo‘yicha pozitsiyasi ma’lum qilindi. Manchester Evening News nashri yozishicha, «qizil shaytonlar» avstriyalik himoyachini o‘z safiga qo‘shish rejasiga ega emas.

Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati Alabani yoshi katta futbolchi, deb hisoblaydi. Bundan tashqari, himoychining maosh bo‘yicha talablari ham juda yuqori ekani ta’kidlanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!