
"Manchester Yunayted" A Seriyadan darvozabon olib keladi
"Manchester Yunayted" klubi "Milan" va Frantsiya terma jamoasi darvozaboni Mayk Menyanni transfer qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira o‘z ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ingliz klubi 29 yoshli darvozabonning transferi bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborgan. “Qizil iblislar” darvozabonlar safida jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishini inkor qilmayapti. Avvalroq Andre Onana va Altay Bayindir jamoani yozda tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Menyan “Milan” safida joriy mavsum jami 52 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Uning "rossoneri" klubi bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yarmigacha amal qiladi. Transfermarkt portalida frantsiyalik darvozabon 25 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar