"Manchester Yunayted" Kazemiroga o‘rinbosar topdi

  • 28 mart, 2024, 23:07
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" yozgi transferlar oynasi uchun rejalarini tuzmoqda. "Qizil iblislar" jamoadagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilardan biri Kazemiro bilan xayrlashishni rejalashtiryapti.

Tecno

Ispaniyaning "Sport" nashri xabariga ko‘ra, mankunianliklar braziliyalik yarim himoyachining o‘rniga Joshua Kimmixni olib kelmoqchi. 29 yoshli nemisning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Kimmixga "Barselona" ham qiziqish bildirmoqda, biroq kataloniyaliklar iqtisodiy muammolar sabab bu transferni amalga oshirishi qiyin bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Joshua joriy mavsum Bundesligada 20 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!