
“Manchester Yunayted” Nuralini olib ketmoqchi
Qozog‘istonning ayrim saytlari tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, “Zenit” futbolchisi Nurali Alip “Manchester Yunayted” skautlari nazariga tushgan.
Manbalar Nurali Alip Qozog‘iston terma jamoasi safida Evropa chempionati saralash turniridagi o‘yinlari bilan manchesterliklarning e’tiborini o‘ziga qaratganini yozmoqda.
“Manchester Yunayted” keyingi paytda transferlarga katta pul sarfladi, biroq ular kutilgan samarani bermadi. Shu bois, klub mutasaddilari arzon narxga yaxshi himoyachini transfer qilmoqchi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Rossiya futboliga qo‘llanilayotgan sanktsiyalar tufayli Nurali Alipni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Angliyaga transfer qilish imkoniyati mavjud emas. Chunki Angliyadan Rossiyaga pul ko‘chirish ta’qiqlangan. Shuning uchun ham qozog‘istonlik o‘yinchi avval Turkiya klublaridan biriga o‘tadi va u erdan “Manchester Yunayted”ga borishi mumkinligi aytilmoqda.
Transfermarkt portali Nurali Alipning transfer summasini ikki million evroga baholagan.
Fikrlar