
“Manchester Yunayted” qimmatbaho yulduzdan tezroq qutilmoqchi
“Manchester Yunayted” mutasaddilari tarkibda tozalash o‘tkazmoqchi. Birinchilardan bo‘lib braziliyalik yarim himoyachi Kazemiro sotib yuboriladi.
TeamTalk nashrining ma’lum qilishicha, manchesterliklar bu yo‘l orqali maoshlar fondini qisqartirishni mo‘ljallamoqda. Kazemiro “Real”dan Manchesterga ko‘chib kelganida jahon darajasidagi yulduz bo‘lgani uchun unga juda katta maosh belgilangan.
Klub xo‘jayinlari Kazemiro maydonda olayotgan maoshiga yarasha o‘yin ko‘rsata olmayapti, degan xulosaga keldi.
Ayni paytda braziliyalik futbolchining haftalik maoshi 350 ming funtni tashkil qiladi.
Kazemiroga Saudiya Arabistoni klublari ish berishga tayyor. Anchadan beri “An-Nasr”, “Al-Hilol”, “Al-Ahli” va “Al-Qodisiya” singari badavlat klublar uni o‘z safiga qo‘shib olishni orzu qilyapti.
Fikrlar