"Manchester Yunayted" va "Nyukasl" bir futbolchini talashishmoqda

  • 22.10.2022 21:03
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Inter" yarim himoyachi Hakan Chalxano‘g‘li bilan shartnomani uzaytirish ustida ishlamoqda, ammo boshqa klublar futbolchini "yo‘ldan urish" haqida o‘ylamoqda. "Calciomercatweb" nashri xabariga ko‘ra, turkiyalik futbolchiga Angliya Premer-ligasining ikki vakili "Nyukasl" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, "qarg‘alar" va "qizil iblislar" qishki transfer oynasidayoq Chalxano‘g‘li uchun taklif jo‘natishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi uchun xaridor klub 40 million evro kerak bo‘ladi.

Hakan Chalxano‘g‘li hozirda 28 yoshda. U 2022/2023 yilgi mavsum “Inter” safida 13 ta o‘yinda maydonga tushgan bo‘lib, o‘z hisobiga ikkita gol va uchta golli uzatmani yozdirib qo‘ygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!