
Manchesterliklar katta transferni hal qildi
Mavsumni muvaffaqiyatsiz yakunlagan “Manchester Yunayted” endi bor e’tiborini tarkibini qayta shakllantirish masalasiga qaratadi.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Ruben Amorim jamoasi katta transferni ijobiy yakunlash arafasida turibdi.
Manchesterliklar “Vulverxempton”ning braziliyalik hujumchisi Mateus Kunyani hamkorlikka ko‘ndirgan. 25 yoshli futbolchi tez orada yangi jamoaga ko‘chib o‘tadi.
“Manchester Yunayted” bu transfer uchun 74 million evrodan ortiqroq mablag‘ sarflaydi va futbolchining o‘zi bilan 2030 yilning yozigacha davom etadigan shartnoma tuzadi. Tomonlarda o‘zaro kelishuvga ko‘ra, hamkorlikni yana bir yilga uzaytirish imkoni bo‘ladi.
Kunya joriy mavsum “bo‘rilar” safida jami 36 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga 17 ta gol va jamoadoshlariga uzatilgan oltita assistni rasmiylashtirib qo‘ydi.
Fikrlar