"Mancheter Siti" yulduzini A Seriyaning 3 ta grand klubi kuzatmoqda
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva keyingi yozda klubni erkin agent sifatida tark etishi mumkin
Jurnalist Ekrem Konurning xabar berishicha, vaziyatni Italiyaning "Napoli", "Yuventus" va "Milan" klublari sinchkovlik bilan kuzatmoqda. A Seriya vakillari uchun muammo o‘yinchining maoshi bo‘lishi mumkin: hozirda u haftasiga qariyb 350 ming evro olmoqda. Italiyaga o‘tish uchun maoshining sezilarli darajada kamayishiga rozi bo‘lishi kerak bo‘ladi.
Bernardu Silva 2017 yildan beri "Manchester Siti" sharafini himoya qilib kelmoqda. Avgust oyida "shaharliklar" sardori 31 yoshni qarshiladi. Portugaliyalik futbolchining "Siti" bilan shartnomasi 2026 yil o‘rtalarida yakunlanadi - tomonlar shartnomani uzaytirmaslik ehtimoli yuqori.



Fikrlar