Mareska Gvardioladan “Siti”ni qabul qilib oladimi?

  • 12.05.2026 15:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi”ningsobiq bosh murabbiyi Enco Mareska kelajagi va tez orada “Manchester Siti”ni qabul qilishi mumkinligi haqidagi savollarga javob qaytardi.

-  Hozir may oyi, chempionatlar yakuniga yetmoqda. Men esa dam olyapman va keyingi ishga tayyorgarlik ko‘ryapman, - dedi Mareska.

Undan Italiyaga qaytish istagi haqida ham so‘rashdi.

- Men futbolchi sifatida to‘rt davlatda, murabbiy sifatida esa ikki-uch mamlakatda ishladim. Eng yaxshi moslashgan joyim Angliya bo‘ldi. Keyin nima bo‘lishini ko‘ramiz, - dedi italyalik mutaxassis.

“Manchester Siti”dan qo‘ng‘iroq bo‘lsachi?” degan savolga Mareska shunday javob berdi:

- Hozir qaysi klub qo‘ng‘iroq qilishidan qat’i nazar, eng muhimi – o‘zingni ishga tayyor his qilish. Yaqin haftalarda nima bo‘lishini ko‘ramiz.

Avvalroq, Mareska joriy mavsum yakunlangandan keyin Pep Gvardiolaning o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!