Mareska "Siti" yulduzi qachon maydonga qaytishini aytdi

  • 21.08.2026 19:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enzo Mareska Angliya Superkubogi doirasida «Arsenal»ga qarshi o‘yinda jarohat olib maydonni tark etgan yarim himoyachi Jeremi Dokuning ahvoli haqida gapirdi. 

Belgiyalik hujumkor  futbolchi taym oralig‘ida almashtirilgani muxlislar orasida xavotir uyg‘otgan edi.

Muarreska so‘zlariga ko‘ra, Dokuning holati jiddiy emas, murabbiylar shtabi yaqin kunlar ichida uning maydonga qaytish muddati bo‘yicha aniq ma’lumot beradi.

«Manchester Siti» Angliya chempionati yangi mavsumidagi ilk uchrashuvini yakshanba, 23 avgust kuni o‘tkazadi. Enzo Mareska shogirdlari ushbu turda o‘z maydonida «Bornmut» jamoasini qabul qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!