Marten Furkad 10 yil ichida birinchi bor JCh medalisiz qoldi

CHERY AUTO

Frantsiyalik taniqli biatlonchi Marten Furkad kecha yakuniga etgan navbatdagi jahon chempionatida medalsiz qoldi. Bu holat so‘nggi bor 2009 yilda kuzatilgan edi. 

Tecno

Estersund shahri mezbonlik qilgan joriy jahon chempionatida Martenning eng yaxshi natijasi beshinchi o‘rin bo‘lib, bu ta’qib poygasiga to‘g‘ri kelmoqda. 2009-2018 yillar oralig‘ida frantsuz biatlonchisi 7 bor Olimpiada medali (5-2-0), va jahon chempionatlarining 25 ta (11-10-4) medallarini jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgandi. 

Ushbu dunyo birinchiligidan keyin Furkad umumiy hisobda ettinchi o‘ringa ketdi. Ma’lumot uchun, 2008-09 yilgi o‘zining debyut mavsumida 30 yoshli sportchi JChdan keyin 24-o‘rinda bo‘lgandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!