Mashhur klub 22 yilga qamalgan darvozabonni oʻz safiga qoʻshib oldi

  • 19.02.2026 22:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliyaning mashhur klubi “Vasko da Gama” 2013 yilda o‘z sevgilisining qotilligini tashkil etgani uchun 22 yil 3 oy qamoq jazosiga hukm qilingan darvozabon Bruno Fernandesni jamoa ro‘yxatiga kiritdi.

Bu haqida Globo nashri xabar berdi.

41 yoshli golkiper 20 fevral kuni Braziliya Kubogining 1/256 final bahsida “Vasko da Gama” tarkibida asosiy tarkibda maydonga tushish imkoniyatiga ega. Ushbu o‘yinda uning jamoasi “Velo Klub”ga qarshi o‘ynaydi.

2013 yilda darvozabon, o‘sha paytda “Flamengo” jamoasining yulduzi va sardori bo‘lgan holda, qotillikni tashkillashtirgan. Sud uni Eliza Samudioni o‘g‘rilash va shafqatsiz tarzda o‘ldirishni tashkil etganlikda aybdor deb topgan. U ayol darvozabondan bo‘lgan bolasi uchun aliment talab qilgan edi.

Qizning jasadi bo‘laklarga ajratilgan, ayrim qismlari itlarga yedirilgan, qolgan qoldiqlar esa betonga qotirib yashirilgan.

Ilgari “Flamengo” va “Atletiko Mineyro”da o‘ynagan Fernandes 2019 yildan beri yarim erkinlik rejimida jazonni o‘tab, bu imkoniyatdan mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun foydalanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!