Mashhur klub bosh murabbiyi vafot etdi

  • 09.10.2025 14:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Argentinaning eng mashhur klublaridan hisoblangan “Boka Xuniors” bosh murabbiyi Migel Anxel Russo 69 yoshida favot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Tecno

Tajribali mutaxassis sentyabr oyida organizmiga infektsiya tushishi oqibati mazasi qochib, shifoxonaga yotqizilgan edi. U erda murabbiyning ahvoli yanada og‘irlashdi va shifokorlarning xatti-harakatiga qaramay, Russo hayotdan ko‘z yumdi.

- So‘nggi lahzaga qadar Migel Anxel Russo futbolga sodiq qoldi. Uning yordamchisi Klaudio Ubeda bosh murabbiy shifoxonadaligida ham klubdagi ishlarning hammasidan xabardor bo‘lib turganini ma’lum qildi. U o‘z ishiga fidokor edi, ham o‘yinchi, ham murabbiy sifatida mustahkam irodaga ega haqiqiy jangchi edi, - deyiladi klub bayonotida.

Russo o‘yinchi sifatida butun faoliyatini “Estdiantes” jamoasida o‘tkazgan. 1989 yili murabbiylik faoliyatini boshlagan mutaxassis “Lanus”, “Veles Sarsfild”, “San-Lorenso”, “An-Nasr”, “Milonarios”, “Estudiantes” va “Boka Xuniors”da ishlagan.

 Migel Anxel Russo ilgari “Boka Xuniors”da 2007, 2020-2021 yillari ishlagan va 2025 yili yana klubga qaytgan edi. 2007 yili bu jamoa bilan Libertadores kubogida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!