Mashhur yulduz “Barsa”ni aldadi
“Barselona”ning asosiy darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen mavsum boshlanishiga qisqa fursat qolganida belidan operatsiya qilinishi kerakligini aytdi.
Klub rahbariyati nemis posbonining bu xatti-harakatidan hayron qoldi. Gap shundaki, ter Shtegen klubga bu xabarni bir qarorga kelib bo‘lganidan keyin aytgan.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, “Barselona” yozgi transferlar vaqtida Mark-Andre ter Shtegenni sotib yuborish orqali maoshlar fondini qisqartirish va g‘aznaga tushum qilishni rejalashtirgan edi.
Kataloniya klubi mutasaddilari Mark-Andre ter Shtegen ularni aldab, qaydnomadan tushib qolmaslik uchun uch oy davomida jarohatdan tiklanishi haqida e’lon bergan. Ammo mutaxassislar bu turdagi jarohatdan qutilish uchun kamida 5 oy kerak bo‘lishini ta’kidlamoqda.
Agar uzoq muddat davolanadigan futbolchi chempionat qaydnomasiga kiritilmasa, “Barselona”da yangi o‘yinchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun qo‘shimcha imkoniyat bo‘lar edi.
Keyingi paytda germaniyalik golkiperning klub bilan munosabati buzilgan. Bunga bosh murabbiy Xans-Diter Flik uni asosiy darvozabon o‘rnida ko‘rmayotganini aytgani sabab bo‘ldi.
Fikrlar