Mashhur yulduz “Barsa”ni emas, “Real”ni tanladi
“Liverpul” o‘ng qanot himoyachisi Trent Aleksander-Arnold kelasi mavsumni qaysi jamoada boshlash bo‘yicha qat’iy qarorga kelib bo‘ldi.
26 yoshli futbolchi o‘zini tarbiyalagan klubning oxirgi taklifini ham qabul qilmadi va chempionat yakunlanishi bilan Liverpulni tark etadigan bo‘lyapti.
Trentga “Barselona” ham da’vogarlik qilgandi. Biroq futbolchining tanlovidan keyin kataloniyaliklar ham chetga chiqishga majbur bo‘ldi.
Erkin agentga aylanish arafasida turgan angliyalik himoyachi “Real”ni bejizga tanlagani yo‘q. Uning bu qarorga kelishida Madrid klubida terma jamoadagi do‘sti Jud Bellingem o‘ynayotgani ham muhim omil bo‘ldi. Bu haqda Defensa Central nashri xabar berdi.
Aleksander-Arnold professional faoliyatini faqat “Liverpul”da o‘tkazgan va hozirga qadar jami 349 ta uchrashuvda ishtirok etgan.

Fikrlar