
Maskerano Messining qachon safga qaytishini ma’lum qildi
"Inter Mayami" bosh murabbiyi Maskerano Lionel Messini "Los-Anjeles" ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishga tayyor ekanligini aytdi.
"Leoni ahvoli yaxshi. U jamoa bilan chorshanbadan beri birga mashg‘ulotlarda ishtirok etib kelmoqda. Agar kutilmagan holat yuz bermasa, argentinalik yulduz keyingi turda asosiy tarkibda jamoani maydonga boshlab tushadi", - dedi klub mutaxassisi.
Ma’lumot uchun, Messi "Pumas" va "Orlando Siti" jamoalariga qarshi o‘yinlarda o‘z jamosiga yordam bera olmagan edi.
Eslatib o‘tamiz, "Inter Mayami" keyingi turda "Los-Anjeles" jamoasiga qarshi maydonga chiqadi. Uchrashuv 17 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 04:30 da start oladi.
Fikrlar