Maykl Baffer super janglarda boshlovchilik qiladi

  • 28.11.2016 12:53
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Mashhur amerikalik ring-suhandoni Maykl Baffer 3 dekabr kuni rossiyalik bokschilar Denis Lebedev va Aleksandr Povetkinning janglarida boshlovchilik qiladi. Bu haqda jang tashkilotchilari ma’lum qilgan.

Tecno

Baffer Moskvada bo‘lib o‘tadigan Lebedev-Gassiev va shuningdek, Ekaterinburgdagi Povetkin-Stivern to‘qnashuvlarida ishlaydi, – deyiladi xabarda.

Butun jahon boks assotsiatsiyasi (WBA) va xalqaro boks federatsiyasi (IBF) versiyalari bo‘yicha jahon chempioni Lebedev 3 dekabr kuni Moskvda hamyurti Murat Gassiev bilan kuch sinashadi.

Povetkin esa 17 dekabr kuni Ekaterinburgda super og‘ir vazn toifasida butunjahon boks uyushmasi (WBC) vaqtinchalik chempionligi uchun kechadigan jangda kanadalik Bermen Stivernga qarshi ringga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!