Mbappe mag‘lubiyat sabablarini ochib tashladi

  • 15.07.2026 08:41
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 2026 yildagi jahon chempionati yarim finalida Ispaniyaga qarshi uchrashuvda (0:2) qayd etilgan mag‘lubiyat yuzasidan fikr bildirdi.

- Biz maydonda rejalashtirgan o‘yinimizni ko‘rsata olmadik: na taktika da, na texnika da, na umumiy o‘yin sifatida. Jahon chempionati yarim finalida bajarishing kerak bo‘lgan ishni qilmasang, g‘alaba ham kelmaydi. 

Ispaniya o‘z uslubiga sodiq qoldi: to‘pni nazorat qilishni, o‘yin sur’atini belgilab borishni yaxshi ko‘radigan jamoa. 

Biz ularga yuqori bosim o‘rnatib, sekin sur’atda o‘ynashga yo‘l qo‘ymaslikni rejalashtirgan edik, ammo bu reja ish bermadi. Texnik xatolar juda ko‘p bo‘ldi, kerak paytda ularga qanday zarar yetkazishni bilmadik.

Biz ularga o‘yin tempini belgilashga imkon berib qo‘ydik, kuchlar nisbati ni o‘z foydamizga o‘zgartirishimiz kerak edi, aynan shu yerda yutqazdik. 

O‘yin boshidanoq bosim, hujumlarimiz shakli tufayli yarim himoyada doimiy ravishda uchga ikki vaziyati yuzaga keldi, Ispaniyaga qarshi esa bu juda qiyin. Fabian Ruiz va Rodri juda ko‘p bo‘sh vaqt va makonga ega bo‘lishdi, pressingda o‘zaro tushunish yetishmadi. Biz yakkama-yakka o‘ynashimiz, ularni biz bilan birga yugurishga majbur qilishimiz kerak edi, chunki bu jamoa to‘psiz yugurishni yoqtirmaydi. Hatto to‘pni qaytarib olgan paytlarimizda ham birinchi paslar, birinchi qabul lar jahon chempionati yarim finali darajasiga mos bo‘lmadi. Mana shu omillarning barchasi yig‘ilib, mag‘lubiyatga olib keldi, — deya Mbappening so‘zlarini M6 manbasiga tayanib RMC Sport keltiradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!