Mbappe: “Masqadimiz – doimgidek g‘alaba qozonish”

  • 7 fevral, 22:08
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya La Ligasining 23-turidan o‘rin olgan Madrid derbisidan avval o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 
 
“Madrid derbisi? Bu juda muhim o‘yin. Ushbu uchrashuv qiziqarli o‘tishiga ishonaman. Ertangi derbi men uchun faoliyatimdagi birinchisi va men uni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Shu bilan birga, mazkur bellashuvda g‘alaba qozonamiz degan umiddaman. 
  
Bizning maqsadimiz hech qachon o‘zgarmagan, har doim doimgidek muvaffaqiyatga erishish zarur. Bu o‘yindagi g‘alaba bizni La Liga g‘olibligiga yanada yaqinlashtiradi. Ertaga g‘alaba qozonishimiz shart” – dedi frantsiyalik forvard. 
 
Ma’lumot o‘rnida, 26 yoshli futbolchi joriy mavsum "qirollik klubi" safida 33 ta bellashuvda ishtirok etib, 21 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!