Mbappe nufuzli sovrinni qabul qilib oldi
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe "Oltin butsa"ni qabul qilib oldi. Frantsiyalik futbolchi La Ligada 31 ta gol urib, Evropada o‘tgan mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Aytish joizki, "Oltin butsa" gollar soniga qarab beriladi. Top-chempionatlar 2 koeffitsientga ega, shuning uchun Mbappe 31 ta gol uchun 62 ball oldi.
Ikkinchi o‘rinni Viktor Gyokeresh egalladi. U Mbappedan (39 ta gol) ko‘proq gol urdi, ammo Portugaliya chempionatida bu ko‘rsatkich 1,5 ga teng. Ya’ni, Gyokeresh 58,5 ball to‘pladi.
Ayni paytda Kilian Mbappe va "Real"ning boshqa futbolchilari La Liga doirasidagi "Valensiya"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. O‘yin 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi va Moskva vaqti bilan 23:00 da boshlanadi.
Fikrlar