
Mbappe: "Real"ni usiz tasavvur qila olmayman"
Kilian Mbappe "Real Madrid"da Vinisius bilan birgalikda to‘p tepish haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Men "Real"ga Vinisius bilan birga o‘ynash niyatida kelganman. Jamoani usiz tasavvur qila olmayman.
Biz birgalikda yaxshi o‘ynaymiz. "Madrid"ga yordam beramiz, - dedi frantsuz hujumchisi.
Ma’lumot uchun, Mbappe La Liga joriy mavsumining 28 ta o‘yinida 22 ta gol urib, 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. Vinisius esa 24 ta o‘yinda 11 ta gol urgan va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar