
Mbappe tilingga erk berma!
Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Felipe Melo PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni keskin tanqid qildi.
- Kilian Mbappe — ahmoq. U jahon chempionati finalida uchta gol ursa ham, Argentina bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Mbappe Janubiy Amerika futboli haqida tiliga kelganini gapirishga haqi yo‘q. U kelajakda 3-4 ta “Oltin to‘p”ni yutishi mumkin, lekin bir kun kelib, ovozi o‘chadi.
Evropa skautlari iste’dodlarni qidirib Janubiy Amerikaga kelyapti, Frantsiyaga emas, - dedi Felipe Melo.
Fikrlar