Mbappe va Arbeloa oʻrtasida ziddiyat avj olmoqda

  • 26.04.2026 11:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Nufuzli mabalardan COPE nashri “Real” bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa va jamoa hujumchisi Kilian Mbappe oʻrtasidagi munosabatlar murakkab ekani haqida xabar berdi.

Manbaga koʻra, Arbeloa va Mbappe oʻrtasidagi oʻzaro tushunish avvalgiday emas, masalan, hujumchi va bosh murabbiy munosabatlari hatto Xabi Alonso davridagidek emas. Shuningdek, murabbiy va hujumchi oʻrtasida muayyan masofa va sovuqlik mavjudligi ham taʼkidlanmoqda.

Avvalroq, Mbappe 2012 yilda Joze Mourinyo qoʻl ostidagi “Real” futbolchilari – Krishtianu Ronaldu va Mesut Ozil, shuningdek 2026 yildgi tarkibdan Mbappe va Arda Gyuler ishtirok etgan kollaj joylangan postga layk bosgani haqida xabar qilingan edi.

Aynan mana shu holat Mbappe va Arbeloa oʻrtasidagi munosabatlarni buzgan boʻlishi mumkin. Chunki ommaviy axborot vositalarida “Real” Arbeloa oʻrniga Mourinyoni olib kelishi mumkinligi haqida maʼlumotlar chiqmoqda.

Portugaliyalik mutaxassisning oʻzi ham Madridga borishi mumkinligi haqidashi xabarlarni inkor etmagan.

Joriy mavsumda Mbappe barcha musobaqalarda 41 ta oʻyinda ishtirok etib, 41 ta gol va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!