
Mbappe va Neymar PSJ rahbarining asabiga o‘ynayapti
PSJ rahbariyati Kmlian Mbappe va Neymarning xatti-harakatlaridan norozi bo‘lmoqda. Ayniqsa, 22 yoshli frantsiyalik hujumchi beqarorligi bilan klubni noqulay ahvolga qo‘ymoqda. Yaqinda PSJ xo‘jayinlari Mbappening shartiga ko‘nib, unga yiliga 30 million evro qo‘liga tegadigan maosh ajratishga va’da bergandi.
Shunga qaramay, Mbappe yana yangi bitimni imzolashdan bosh tortdi. Bu Neymarning ham kelajagiga ta’sir qilmoqda. Braziliyalik yulduz ham biri necha bor Parijda qolishini ta’kidlaganiga qaramay, yangi shartnomani imzolashni paysalga solmoqda.
Har ikki futbolchining klub bilan kelishuvi kelasi yilning iyunida yakunlanadi. Joriy mavsum yakunlanishi bilan Mbappega grand klublardan takliflar bo‘ladi. Neymarga aniq xaridor yo‘q. Agar ular mavsum yakunlangunicha yangi bitimni imzolamasa, PSJ ularni yozda sotib yuborishga majbur bo‘ladi.
Fikrlar