Mbappe xet-trikdan keyin tanqidchilarga javob qaytardi

  • 27.08.2026 11:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning «Real» jamoasi yulduz hujumchisi Kilian Mbappe Ispaniya chempionati doirasida «Real Sosyedad»ga qarshi o‘yinda uchta gol urgach, ijtimoiy tarmoqlarda unga tanqid yo‘llaganlarga javob qaytardi.

«Kim norozi edi? Bu — xet-trik», — deb yozdi fransuz hujumchisi o‘z sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinyo boshqaruvidagi madridliklar o‘z maydonida «Real Sosyedad»ni yirik hisobda mag‘lub etdi — 4:1. Uchrashuvda «Real»ning to‘rt golidan uchtasini Kilian Mbappe urdi.

O‘tgan mavsumda Mbappe Ispaniya chempionatida «qirollik klubi» tarkibida 31 ta o‘yin o‘tkazgan. U 25 ta gol urib, 5 ta golli uzatma amalga oshirgan. Shuning o‘ziga qaramay, mavsum yakunida «Real» biror sovrin qo‘lga kirita olmagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!