
Mbappening qarori ma’lum bo‘ldi
Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini qaerda davom ettirish borasida bir qarorga keldi. "El Debate" nashri xabariga ko‘ra, 24 yoshli forvard PSJni tark etib, anchadan beri qiziqib kelayotgan "Real"ga o‘tishga qaror qilgan.
"Real"ning o‘zi ham qishdyoq Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qiladi, agar bu transfer amalga oshmasa, ispan grandi bor e’tiborini Norvegiya terma jamoasi va "Manchester Siti" to‘purari Erling Xolandga qaratadi.
Frantsiyalik to‘purarning PSJ bilan shartnomasi kelasi yozda yakuniga etadi. Joriy mavsumda Kilian Liga 1ning 14 ta uchrashuvida qatnashib, 15 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar