
“Barsa” mendan qutila olmaydi!
“Barselona” rahbariyati moliyaviy holatidan kelib chiqib, Ispaniya chempionatida eng katta maosh olayotgan Frenki de Yongni sotib yuborishga harakat qilmoqda.
Niderlandiyalik yarim himoyachi bir yillik xizmati uchun 37,5 million evro miqdorida maosh olib kelmoqda.
Kataloniyaliklar shu yoz ichi 27 yoshli pleymeykerni 60 million evro evaziga boshqa klubga o‘tkazib yubormoqchi. Asosiy xaridor “Manchester Yunayted” hisoblanadi.
Jurnalist Janluiji Longarining ta’kidlashicha, Frenki de Yong jamoadan ketmasligini bildirgan. Avval ham niderlandiyalik yulduz “Barselona” va “Manchester Yunayted” uning transferi bo‘yicha kelishib bo‘lgan pallada Kataloniyadan ketishdan bosh tortgandi.
Frenki de Yong aprel oyida “Real”ga qarshi bahsda jiddiy jarohat olgandi. U shundan beri maydonga tushgani yo‘q va qachon safga qaytishi hamon no’ma’lum bo‘lib turibdi.
Fikrlar